Bismillahir Rohmanir Rohiym
Insonga yetishi mumkin bo‘lgan eng xatarli kasallik qaysi? Siz, saraton deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, Alloh asrasin, u og‘ir dard va musibat. Inson u xastalikdan vafot etishi mumkin va agar mo‘min bo‘lsa, jannatga erishadi. Agar unda saraton kasali bo‘lsa, yoki yurak xastaligi bo‘lsa, yoki jigar sirrozi bo‘lsa, yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklarning bari xatarlidir. Uning sohibi bo‘lsa ushbu kasalliklar oqibatida vafot qilsa, agar u mo‘min bo‘lsa, jannatga kiradi.
Lekin insonni abadiy baxtsizlikka eltuvchi xastalik bor. U ham bo‘lsa, Alloh taolodan g‘aflatda bo‘lish, Undan uzoq bo‘lish xastaligidir. Alloh taolo aytadi: “Robbingni ertayu kech ichingda tazarru-la, qo‘rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g‘ofillardan bo‘lma” (A’rof surasi, 205- oyat).
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati