Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Sentabr, 2026   |   5 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:04
Peshin
12:18
Asr
16:41
Shom
18:35
Xufton
19:51
Bismillah
16 Sentabr, 2026, 5 Rabi`us soni, 1448
Maqolalar

Eng xatarli kasallik qaysi?

27.01.2026   12872   1 min.
Eng xatarli kasallik qaysi?

Insonga yetishi mumkin bo‘lgan eng xatarli kasallik qaysi? Siz, saraton deyishingiz mumkin. To‘g‘ri,  Alloh asrasin, u og‘ir dard va musibat. Inson u xastalikdan vafot etishi mumkin va agar mo‘min bo‘lsa, jannatga erishadi. Agar unda saraton kasali bo‘lsa, yoki yurak xastaligi bo‘lsa, yoki jigar sirrozi bo‘lsa, yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lishi mumkin. Bu kasalliklarning bari xatarlidir. Uning sohibi bo‘lsa ushbu kasalliklar oqibatida vafot qilsa, agar u mo‘min bo‘lsa, jannatga kiradi.
Lekin insonni abadiy baxtsizlikka eltuvchi xastalik bor. U ham bo‘lsa, Alloh taolodan g‘aflatda bo‘lish, Undan uzoq bo‘lish xastaligidir. Alloh taolo aytadi: “Robbingni ertayu kech ichingda tazarru-la, qo‘rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g‘ofillardan bo‘lma” (A’rof surasi, 205- oyat).

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

15.09.2026   25289   1 min.
Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar muftiylarini qabul qildi

Bugun, 15 sentyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar muftiylari yig‘ilishi va xalqaro anjumanning nufuzli ishtirokchilarini qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ozarbayjon yetakchisiga Davlatimiz Rahbarining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdilar.

Uchrashuvda qardosh davlat Rahbari nutq so‘zlab, xalqaro anjumanlarning ahamiyatiga to‘xtaldi. Muloqot chog‘ida so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida e’tirof etildi.

Turkiy davlatlar yetakchilarining qat’iy siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari natijasida ilm-fan, ta’lim, madaniy-gumanitar hamda diniy-ma’rifiy jabhalarda hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ta’kidlandi. Bu ezgu sa’y-harakatlar Diniy idoralar rahbarlarining mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashishi, xalqlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlash, tinchlik-osoyishtalikni asrash hamda zamonning dolzarb masalalari bo‘yicha mushtarak fatvo va bayonotlar qabul qilishda muhim poydevor bo‘layotgani qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari