Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.
Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.
Al-Quran.uz
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani ma’lum qilingan edi.
Aholining faol ishtiroki bilan bu Strategiya xalqchil strategiyaga aylanmoqda.
Salkam bir oy davomida 3 ming 200 dan ziyod fikr-mulohazalar kelib tushdi. Jumladan, notarial xizmatlarni onlayn tarzda ko‘rsatish ulushini amaldagi 5 foizdan 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi taklif Strategiya loyihasiga kiritildi.
Jamoatchilik muhokamasi ertaga, 28 yanvar kuni yakunlanadi. Taklif bildirishga ulgurib qoling!