Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.
Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.
Al-Quran.uz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.01.2026 yildagi "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 27-son qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 364-son qarori hamda bir qator hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.