Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Oktabr, 2026   |   2 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:14
Quyosh
06:32
Peshin
12:09
Asr
16:02
Shom
17:50
Xufton
19:04
Bismillah
13 Oktabr, 2026, 2 Jumadul avval, 1448
Maqolalar

Yo‘lovchi

02.02.2026   9159   1 min.
Yo‘lovchi

Bu dunyo hayoti – sinov.

Bu dunyo hayoti  – ne’mat.

Bu dunyo hayoti – omonat.
 

Bu dunyo hayotida baxt qadrini bilish uchun qayg‘u, sukunatni his qilish uchun olamon, yomg‘irni sevish uchun jazirama, inson qadrini bilish uchun esa ba’zan uning yo‘qligi kerak bo‘ladi...


Aqlli inson bilib yashaydiki, har kun, har dam g‘animat. Ertangi kunga kafolat berilmagan: “Biror jon ertaga nima ish qilishini bilmas. Biror jon qayerda o‘lishini ham bilmas. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir” (Luqmon surasi, 34-oyat)


Biz esa, hayot ma’nisini ko‘pincha mol-dunyo, mansab, shon-shuhrat, rohat bilan deb o‘ylaymiz. Lekin asl hayot faqat bu dunyo bilan tugamaydi. Demak, bu dunyo hayoti – bir yo‘l, oxirat – manzil, bizlar esa yo‘lovchilar ekanmiz. Shunday ekan, bizga manzilda kerak bo‘ladigan narsalarga intilishimiz, shularni zaxira qilishimiz lozim ekan. 

Akbarshoh Rasulov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Qabristonlarni obod qilish — har birimizning insoniy burchimiz!

06.10.2026   45748   1 min.
Qabristonlarni obod qilish — har birimizning insoniy burchimiz!

 

Ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, qabristonlarni ozoda va obod saqlash — barchamizning vazifamiz. Endilikda har bir qabriston uchun alohida shaxsiy hisobvaraq va QR-kodlar joriy etildi. Ushbu tizim orqali ezgu ishga hissa qo‘shish yanada qulay, oson va shaffof bo‘ldi.

Ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirib, qabristonlarimizni birgalikda obod va ozoda saqlaylik!

https://t.me/uzmahallalari/15063

Videolavhalar