Bismillahir Rohmanir Rohiym
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Greenleaf kompaniyasi faoliyati go‘yoki O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan halol deb topilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur "fatvo" O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tegishli ekani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U bir masjid imom-noibi tomonidan chuqur o‘rganilmasdan berilgan shaxsiy xulosadan iborat. Hujjatdagi muhr ushbu imom-noibi faoliyat yuritadigan masjidga tegishli bo‘lib, O‘zbekiston musulmonlari idorasiniki emas.
Yurtdoshlarimizdan bunday asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni, diniy masalalarda faqat O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy manbalarida e’lon qilingan xabarlarga tayanishlarini so‘raymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Xush kelibsiz, namozxon, ro‘zador, taqvodor va Allohdan qo‘rquvchi ayol!
Xush kelibsiz, iboli, sipo va vazmin ayol!
Xush kelibsiz, tarbiyali, bilimdon, ongli va aqlli ayol!
Xush kelibsiz, vafoli, ishonchli, rostgo‘y va yaxshiligi ko‘p ayol!
Xush kelibsiz, sabrli, savobdan umidvor va Allohga tavba qilib, Unga qaytuvchi ayol!
Xush kelibsiz, zikr qiluvchi, shukr qiluvchi, duogo‘y va hushyor ayol!
Xush kelibsiz, Osiyo, Maryam va Xadija roziyallohu anhum onalarimizga ergashgan ayol!
Xush kelibsiz, bahodirlar, botir yigitlar tarbiyachisi bo‘lgan ayol!
Xush kelibsiz, qadrini biladigan, harom ishlarga nisbatan rashkli va ulardan uzoq ayol!
Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan