Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Fevral, 2026   |   15 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:12
Quyosh
07:33
Peshin
12:42
Asr
16:00
Shom
17:46
Xufton
19:00
Bismillah
03 Fevral, 2026, 15 Sha`bon, 1447
Maqolalar

Jinsiy yaqinlikda bajariladigan sunnatlar

02.02.2026   1158   1 min.
Jinsiy yaqinlikda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Ushbu duoni o‘qish:

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar birortangiz o‘z ahliga yaqinlik qilishni iroda etgan paytida: “Bismillahi. Allohumma! Jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona maa rozaqtana” (Allohning nomi bilan. Allohim, bizdan shaytonni chetda qilgin, shaytonni bizni rizqlantirgan narsangdan chetda qilgin) desa, albatta, agar o‘shandan ularga farzand beriladigan bo‘lsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

2. Iffatni saqlash, farishtalardan hayo qilish.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yalang‘och bo‘lishdan saqlaninglar. Chunki siz bilan qazoi hojat va er kishi o‘z ahliga qo‘shilgan paytdan boshqa vaqtda hech ajralmaydiganlar bo‘ladi. Bas, ulardan hayo qilinglar va ularni ikrom etinglar”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

3. Ayol kishining orqasiga yaqinlik qilmaslik.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim ayolining orqasiga yaqinlik qilsa, mal’undir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Erkak yoki ayol kishining orqasiga yaqinlik qilgan kishiga Alloh nazar qilmas”, dedilar (ImomTermiziy rivoyati).

 

4. Ayoli bilan qilgan jinsiy yaqinligi haqida odamlarga so‘zlamaslik.

Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni Allohning nazdida martabasi eng yomon odam ayoliga yaqinlik qilib, ayoli unga yaqin bo‘lganidan keyin sirini odamlarga yoyib yuradigan kishidir”, dedilar (Imom Muslim, Imom Ahmad rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi

03.02.2026   593   1 min.
Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi

Bugun Xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. Tadbirda UNESCO xalqaro tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi UNESCO milliy komissiyasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, taniqli olimlar, turli konfessiya vakillari, shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etmoqda.
 

Seminar BMT Bosh Assambleyasining 2010 yil 20 oktyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq belgilangan “Dinlararo hamjihatlik haftaligi” hamda 2020 yil 21 dekabrda qabul qilingan rezolyutsiya asosida nishonlanadigan “Xalqaro insoniy birodarlik kuni” munosabati bilan tashkil etildi.


Tadbirlar haftaligi joriy yilning 3–5 fevral kunlari Toshkent shahri va Buxoro viloyatida “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – tinchlik va barqarorlik omili” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Matbuot xizmati

Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi Xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘z ishini boshladi
O'zbekiston yangiliklari