Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Saraton kasalligiga shifo bo‘lgan duo

04.02.2026   7946   3 min.
Saraton kasalligiga shifo bo‘lgan duo

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Usmon ibn Hunayf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir ko‘zi ojiz (ko‘r) kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib, “Menga shifo berishini so‘rab, Allohga duo qiling” dedi. Shunda Rosululloh  sollallohu alayhi vasallam: Agar xohlasang duo qilaman va agar xohlasang sabr qilgin va mana shu sen uchun yaxshisidir”, dedilar.  Ko‘zi ojiz kishi esa “Duo qila qoling” dedi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam unga tahorat olishlikni va tahoratini go‘zal qilishligini so‘ngra ushbu duo bilan duo qilishlikni buyurdilar:

اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ، وَأَتَوَجَّهُ إِلَيْكَ بِنَبِيِّكَ مُحَمَّدٍ نَبِيِّ الرَّحْمَةِ، إِنِّي تَوَجَّهْتُ بِكَ إِلَى رَبِّي فِي حَاجَتِي هَذِهِ لِتُقْضَى لِيَ اللَّهُمَّ فَشَفِّعْهُ فِيَّ

O‘qilishi: Allohumma inniy asaluka va atavajjahu ilayka binabiyyik Muhammad Nabiyyir-Rohmah, inniy tavajjahtu bika ilaa Robbiy fiy haajatiy haazihi lituqzoo liya, Allohumma fashaffi’hu fiyya.

Ma’nosi: Allohim Sendan so‘rayman va Payg‘ambaring, olamlarga rahmat Payg‘ambar bo‘lmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan Senga yuzlanaman. Yo Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh meni bu hojatimni bajo keltirishi uchun men Siz bilan ushbu hojatim borasida Robbimga yuzlandim. Allohim U (Muhammad sollallohu alayhi vasallam)ning men boramdagi shafoatlarini qabul etgin (Imom Termiziy rivoyati 3578-hadis).

 

Ushbu hadis boshqa muhaddislar tomonidan ham rivoyat qilingan bo‘Iib, uni sahih deyishgan. Xususan Imom Ahmad rohimahulloh musnadida ushbu hadisni keltirib, unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qishga ham buyurganlarini rivoyat qilgan.

Imom Nasoiy rohimahulloh esa bu hadisning oxirida “Bu duodan so‘ng Alloh taolo uning ko‘zini ochdi” deb aytgan va Imom Ibn Moja va ibn Xuzayma rahimahumalloh ham “U ko‘rishni boshladi” deb ziyoda qilishgan.

Bu dunyoda biror-bir kasallik yo‘q-ki, uni davosi bo‘lmasa, dardni yaratgan Zot shifosini ham O‘zi xohlagan kishisiga ato etadi. Ammo Alloh taolo xohlamasa na tibbiyot va na davo dardga yordam bera olmaydi.

Bu hadis borasida ustozlarimizdan eshitgan, biz yashayotgan asrda sodir bo‘lgan bir voqea xulosasini keltirib o‘tamiz: “Juma kuni ushbu hadisni xutbada insonlarga aytdim, namozdan keyin bir kishi ushbu duoni yozib berishimni iltimos qildi. Yozib berdim. Bir necha kunlardan keyin oldimga yig‘lab kelib, unda o‘limga olib boradigan saraton kasalligi borligini va ushbu duoni o‘qib, Allohdan shifo so‘raganini va bir kuni bosh miyya qismini aparatga tushirganda unda hech qanday kasallik yo‘qligini va bundan doktorlar juda ajablanganini aytib berdi. Alloh naqadar buyuk va rahmli Zot!”.


Mirabbos YOROV,
Toshkent Islom instituti bitiruvchisi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari 10 ga yaqin muhim bayonot va fatvolarni imzoladilar

14.09.2026   1542   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari 10 ga yaqin muhim bayonot va fatvolarni imzoladilar

Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston muftiylari muhim yo‘nalishlarda 3 ta bayonot va zamonaviy masalalarga oid 6 ta yirik fatvoni imzolashdi.

Jumladan, «Islomning ilm-fan va texnologiyaga yondashuvi» mavzusidagi bayonotda Islom dinida insoniyat farovonligiga xizmat qiluvchi barcha ilmiy va texnologik yutuqlar qo‘llab-quvvatlanishi bilan birga, ular yuksak axloqiy mezonlar, adolat va mas’uliyat tamoyillari asosida rivojlanishi shartligi ta’kidlandi.

«Musulmonligi ma’lum bo‘lgan shaxsni kofirga chiqarishning hukmi» to‘g‘risidagi bayonotda Islom ta’limotiga ko‘ra, kalimai shahodat keltirib, qibla ahlidan bo‘lgan har qanday shaxs musulmon hisoblanishi hamda qilgan gunohi yoki amaldagi nuqsoni tufayli uni kufrda ayblash (takfir qilish) qat’iyan man etilishi aytildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar ulamolari ushbu bayonotda jamiyatda fitna, qon to‘kilishi va nizolarga sabab bo‘luvchi takfirchilik oqimlariga qarshi ilmiy-ma’rifiy kurashni kuchaytirish, ummat birdamligini mustahkamlash zarurligiga e’tibor qaratishdi.

«Oila qurishga targ‘ib qilish, uni muhofaza qilish va mustahkamlashga doir umumiy mas’uliyat» bayonotida Islom ta’limotiga ko‘ra, oila nikoh asosiga quriladigan, sog‘lom avlod va jamiyat davomiyligini ta’minlovchi, insonga ruhiy xotirjamlik hamda axloqiy tarbiya beruvchi muqaddas muassasa ekaniga urg‘u qaratildi. Muftiylar oila institutini himoya qilish, yoshlarni oilaga tayyorlash va milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda birdamlikka chaqirdilar.

Shuningdek, muftiylar tomonidan «Bitta qabrga birdan ortiq mayyitni dafn etishning hukmi», «Ijaraga berilgan dehqonchilik yerlarining ushri», «Fatvo so‘rash va fatvo berishda sun’iy idrokdan foydalanish masalasi», «Juma namozi durust bo‘lishining shartlari», hijriy oy boshlanishini aniqlash mezonlari va takfir masalasiga doir 6 ta fatvo matni imzolandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari