Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Fevral, 2026   |   22 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:05
Quyosh
07:25
Peshin
12:42
Asr
16:08
Shom
17:54
Xufton
19:08
Bismillah
10 Fevral, 2026, 22 Sha`bon, 1447
Maqolalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nima uchun sevamiz? - 3 dalil

09.02.2026   997   2 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni nima uchun sevamiz? - 3 dalil

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Avvalgi qavmlar o‘zlariga yuborilgan nabiylariga e’tirozlar qilib, ularni yolg‘onga chiqarib, tuhmatlar qilishgan. Alloh taolo Qur’oni karimda bularning e’tirozlariga ushbu anbiyolarning muborak tillaridan javob beradi. Masalan, Hud alayhissalomning qavmi u zotga e’tiroz qilganda u zot:

﴿قَالَ يَا قَوْمِ لَّيْسَ بِىْ سَفَاهَةٌ وَ لَكِنَّى رَسُوْلٌ مِّنْ رَّبِّ الْعَالَمِيْنَ﴾

«Ey qavmim, menda esipastlik yo‘q. Men olamlarning Robbidan sizlarga kelgan Rasulman», dedi» (A’rof surasi, 67-oyat).

Nuh alayhissalomning qavmi u zotga e’tiroz qilganda esa u zot:

﴿قَالَ يَا قَوْمِ لَيْسَ بِى ضَلَلَةٌ وَ لَكِنِّى رَسُوْلٌ مِّنْ رَّبِّ الْعَالَمِيْنَ﴾

«Ey qavmim, menda zalolat yo‘q. Men olamlarning Robbidan sizlarga kelgan Rasulman», dedi» (A’rof surasi, 61-oyat).

Lekin Nabiy sollallohu alayhi va sallamning qavmlaridagi badbaxt kimsalar u zotni majnun deyishganda bunga javoban Qur’oni karimda o‘zgacha yo‘l tutilgan. Ularga u zotning tillaridan javob berilmagan, balki Alloh taoloning O‘zi ularga raddiya berdi:

﴿وَمَا صَاحِبُكُمْ بِمَجْنُوْنٍ﴾

«Sohibingiz majnun emas» (Takvir surasi, 22-oyat).

Qolaversa, Alloh taolo mushriklarning ta’nalariga uchrayotgan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga tasalli berish uchun bunday marhamat qiladi:

﴿مَآ أَنْتَ بِنِعْمَةِ رَبِّكَ بِمَجْنُوْنٍ﴾

«Robbing ne’mati ila sen majnun emassan» (Qalam surasi, 2-oyat).

﴿وَإِنَّكَ لَعَلَى خُلُقٍ عَظِيْمٍ﴾

«Albatta, sen ulkan xulq sohibisan» (Qalam surasi, 4-oyat).

Alloh taolo bu tasallasi bilan kifoyalanmay, yana bunday marhamat qiladi:

﴿وَإِنَّ لَكَ لَأَجْرًا غَيْرَ مَمْنُونٍ﴾

«Albatta, senga aslo tugamaydigan ajr bordir» (Qalam surasi, 3-oyat).

Shuningdek, Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi va sallamga tasalli berish uchun u zotni ayblamoqchi bo‘layotganlarning o‘zi aslida kimligini fosh etib, ularning so‘ziga quloq solmaslikka, parvo etmaslikka buyuradi:

﴿وَلَا تُطِعْ كُلَّ حَلَّافٍ مَّهِيْنٍ هَمَّاز ٍمَّشَّآءِ بِنَمِيمٍ مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ عُتُلِّ بَعْدَ ذَلِكَ زَنِيمٍ﴾

«Har xil qasamxo‘r, pastkashlarga, ayblovchi, chaqimchilik qilib yuruvchilarga, yaxshilikni to‘suvchi, tajovuzkor, sergunohlarga, qo‘pol va buning ustiga, otasining tayini yo‘qqa itoat qilma!» (Qalam surasi, 10 surasi, 13-oyat).

Alloh taoloning Rasulullohga muhabbati va mehribonligi bu oyatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Subhanalloh!!!

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Uzbekistan stanovitsya privlekatelnim turisticheskim napravleniyem dlya pakistansev

09.02.2026   5317   2 min.
Uzbekistan stanovitsya privlekatelnim turisticheskim napravleniyem dlya pakistansev

Ob etom zayavil v intervyu IA «Dunyo» posol Uzbekistana v Pakistane Alisher Tuxtayev. 

Po yego slovam,  Uzbekistan i Pakistan vveli uproshennuyu vizovuyu protseduru dlya turistov. 

“Mi vistupayem za uvelicheniye turisticheskogo obmena mejdu dvumya stranami, dalneysheye rasshireniye sotrudnichestva mejdu turoperatorami, vladelsami oteley i predprinimatelyami, rabotayushimi v etoy sfere v selom. Uzbekistan i Pakistan obladayut visokim potensialom i vozmojnostyami dlya razvitiya turizma i privlecheniya turistov. Uzbekistan, nekogda odna iz kolibeley islama, stal vajnim mestom palomnicheskogo turizma dlya pakistansev blagodarya svoim drevnim istoricheskim pamyatnikam i bogatomu naslediyu. Uzbekistan takje privlekatelen s tochki zreniya razvitiya svyazey v sfere palomnicheskogo turizma. Pakistansi takje uvajayut naslediye nashix velikix misliteley, takix kak Abu Rayxan Biruni, Imam Buxari, Imam Termizi, Baxauddin Nakshband i drugiye”, - otmetil diplomat.

Po yego slovam, naryadu s unikalnimi istoricheskimi pamyatnikami drevnix gorodov Buxari, Samarkanda, Xivi, Shaxrisabza i Tashkenta, v drugix regionax nashey strani yest mnojestvo mest palomnichestva, kotorie takje mogut predstavlyat interes dlya pakistanskix turistov. 

“S etoy tochki zreniya, osobogo vnimaniya zaslujivayut voprosi transportnogo soobsheniya mejdu dvumya stranami. V sootvetstvii s dogovorennostyami, dostignutimi vo vremya vizita Premer-ministra Pakistana v Uzbekistan, bili otkriti pryamie reysi, soyedinyayushiye Tashkent i Islamabad. Segodnya natsionalnaya aviakompaniya «Uzbekistan Airways» vipolnyayet chetire reysa v nedelyu mejdu Tashkentom i Islamabadom, a takje Tashkentom i Laxorom. Na segodnyashniy den etimi reysami vospolzovalis boleye 30 tisyach passajirov. Yesli obratitsya k konkretnim sifram, to v 2025 godu Uzbekistan posetili s turisticheskimi selyami pochti 17 tisyach grajdan Pakistana. Predstaviteli otrasli podcherkivayut, chto u nas yest bolshiye vozmojnosti dlya vzaimnoy populyarizatsii turisticheskix produktov i uslug i realizatsii sovmestnix proyektov v etoy oblasti. Koroche govorya, razvitiye turisticheskix svyazey mejdu nashimi stranami stalo odnim iz vajneyshix voprosov nashey povestki dnya”, - rezyumiroval A.Tuxtayev. 

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari