frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Yo‘q!

09.02.2026   13439   1 min.
Yo‘q!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Umringizni behuda muhabbat intiqomi va yaxshiligi yo‘q janjallarga sarf qilmang.

Salomatligingiz, baxtingiz, uyqu va farog‘atingiz evaziga mol-mulk yig‘ishga intilmang.

Vaqtingizni insonlarning xatolarini qidirish va ularni g‘iybat qilish bilan o‘tkazib, o‘zingizni unutib qo‘ymang.

Nafs rohatlari va u xohlagan barcha narsani berishga sho‘ng‘ib ketmang.

Bekorchilar bilan vaqtingizni o‘tkazib, behuda ishlarga qimmatli umr ne’matini sarflab yubormang.

Badaningiz badbo‘y bo‘lishiga, uyingiz tartibsiz qolishiga yo‘l qo‘ymang.

Harom ichimliklar, tamaki va turli xil yomon narsalardan butunlay uzoqlashing.

O‘tib ketgan ko‘ngilsizlik va musibatlar hamda sodir bo‘lgan xatolarni eslamang.

Oxiratingiz, u uchun amal qilish va u kun kelishini aslo unutmang.

Mol-mulkingizni harom amallar, bekorchi ishlar va ibodatda kamchiliklarga olib boradigan narsalarga sarf qilmang.
 

Doktor Oiz Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik imom-xatib Jakartadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

28.09.2026   31430   1 min.
O‘zbekistonlik imom-xatib Jakartadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida dunyoning turli chekkalaridan kelgan yetuk ulamolar va yirik masjidlar imomlari ishtirokida xalqaro konferensiya (International Grand Imams Conference — IGIC 2026) bo‘lib o‘tmoqda.


Ushbu nufuzli xalqaro anjumanda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti «Hadis va Islom tarixi fanlari» kafedrasi dots.nti vazifasini bajaruvchi, Toshkent shahridagi Minor jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Termiziy yurtimiz nomidan ishtirok etmoqda.


Indoneziya Respublikasi Din ishlari vaziri, professor, doktor Nasaruddin Umar janoblarining maxsus taklifiga binoan tashkil etilgan mazkur safar doirasida yurtimiz vakili o‘zining ilmiy ma’ruzasi bilan chiqish qildi. 
 

Joriy yilning 25–28 sentyabr kunlariga mo‘ljallangan mazkur yirik anjuman bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri — «Masjidlar hamjihatligi, diniy diplomatiya va global tinchlik» (Masjid Harmony, Religious Diplomacy and Global Peace) mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbir musulmon ummati o‘rtasidagi birdamlikni mustahkamlash, xalqaro maydonda tinchlik, diplomatiya va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda diniy peshvolarning o‘rnini oshirishga xizmat qiladi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekistonlik imom-xatib Jakartadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda O‘zbekistonlik imom-xatib Jakartadagi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda
O'zbekiston yangiliklari