Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Tavakkul qilish payg‘ambarlarning xulqidir

09.02.2026   10150   3 min.
Tavakkul qilish payg‘ambarlarning xulqidir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qur’oni karimda tavakkul qilish payg‘ambarlarning shayxi Nuh alayhissalomdan to Muhammad alayhissalomgacha bo‘lgan payg‘ambarlarning xulqi ekanligi ta’kidlanadi. Alloh taolo barcha payg‘ambarlarning tilidan bunday keltiradi:

﴿وَمَا لَنَا أَلَّا نَتَوَكَّلَ عَلَى اللَّهِ وَقَدْ هَدَانَا سُبُلَنَا وَلَنَصْبِرَنَّ عَلَى مَا آَذَيْتُمُونَا وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُتَوَكِّلُونَ﴾

“Nima uchun biz Allohga tavakkul qilmas ekanmiz?! Holbuki, U bizni yo‘limizga hidoyat qildi. Bizga bergan ozorlaringizga, albatta, sabr qilamiz. Tavakkul qiluvchilar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar», dedilar[1].

Qur’oni karimda payg‘ambarlardan aytilgan so‘zlarini keltiramiz:

1. Nuh alayhissalomning tilidan:

﴿يَا قَوْمِ إِنْ كَانَ كَبُرَ عَلَيْكُمْ مَقَامِي وَتَذْكِيرِي بِآَيَاتِ اللَّهِ فَعَلَى اللَّهِ تَوَكَّلْتُ﴾

“Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim og‘ir kelayotgan bo‘lsa, bas, men Allohga tavakkul qildim”[2].

2. Hud alayhissalomninig qavmi ularning ilohlari Hud alayhissalomni sharmanda qilishini aytganlarida, jahl bilan:

﴿إِنْ نَقُولُ إِلَّا اعْتَرَاكَ بَعْضُ آَلِهَتِنَا بِسُوءٍ قَالَ إِنِّي أُشْهِدُ اللَّهَ وَاشْهَدُوا أَنِّي بَرِيءٌ مِمَّا تُشْرِكُونَ مِنْ دُونِهِ فَكِيدُونِي جَمِيعًا ثُمَّ لَا تُنْظِرُونِ إِنِّي تَوَكَّلْتُ عَلَى اللَّهِ رَبِّي وَرَبِّكُمْ مَا مِنْ دَابَّةٍ إِلَّا هُوَ آَخِذٌ بِنَاصِيَتِهَا إِنَّ رَبِّي عَلَى صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ﴾

“Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh bo‘lingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman. Undan o‘zgani. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar. Albatta, men Robbim va Robbingiz bo‘lmish Allohga tavakkul qildim”[3].

3. Alloh taolo Ibrohim alayhissalom va U zot bilan birga bo‘lganlarning tilidan ularning o‘z qavmlaridan va ular Allohdan o‘zgaga ibodat qiladigan narsalaridan qutilganlarini ushbu shaklda aytadi:

﴿رَبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ الْمَصِيرُ﴾

Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkul qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Senginadir”[4].

4. Shuayb alayhissalomning tilidan:

﴿وَمَا أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَى مَا أَنْهَاكُمْ عَنْهُ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا الْإِصْلَاحَ مَا اسْتَطَعْتُ وَمَا تَوْفِيقِي إِلَّا بِاللَّهِ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ﴾

Men imkonim boricha isloh qilishdan o‘zga hech narsani xohlamasman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog‘liq. Ungagina tavakkul qildim. Ungagina qaytaman”[5].

5. Muso alayhissalomning sha’nlarida:

Muso: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirgan bo‘lsangiz, agar musulmon bo‘lsangiz, faqat Ungagina tavakkul qiling», dedi. Ular: «Allohgagina tavakkul qildik. Robbimiz, bizni zolim qavmlarga fitna qilib qo‘yma”[6].


Yusuf Qarazoviy rahimahullohning
"Tavakkul" kitoblaridan


[1] Ibrohim surasi, 12-oyat.
[2] Yunus surasi, 71-oyat.
[3] Hud surasi, 54-56-oyat.lar.
[4] Mumtahana surasi, 4-oyat.
[5] Hud surasi, 88-oyat.
[6] Yunus surasi, 84-86-oyat.lari.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   5328   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari