Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Sentabr, 2026   |   3 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:42
Quyosh
06:02
Peshin
12:19
Asr
16:44
Shom
18:39
Xufton
19:54
Bismillah
14 Sentabr, 2026, 3 Rabi`us soni, 1448

Hal qiluvchi bahslarga start berildi

10.02.2026   20340   1 min.
Hal qiluvchi bahslarga start berildi

#xabar #musobaqa #kubog

Poytaxtimizdagi Jar sport majmuasida sportning voleybol va shaxmat turlari bo‘yicha “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” musobaqasi Respublika bosqichining final o‘yinlari boshlandi. 
 

Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston voleybol va shaxmat federatsiyasi mas’ul xodimlari, hakamlar, viloyat bosh imom-xatiblari, OAV vakillari, muxlislar ishtirok etdi.


Musobaqa avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirokchilarni final bahslariga chiqqanlari bilan muborakbod etib, davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan sportga berilayotgan e’tibor, erishilayotgan natijalar, o‘tkazilayotgan mana shunday musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlashi, do‘stlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar. 

Shundan so‘ng Samarqand va Navoiy jamoalarining uchinchi o‘rin uchun bellashuviga start berildi. Undan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyati jamoalari o‘rtasida final bahslari boshlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi Hal qiluvchi bahslarga start berildi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

13.09.2026   20624   1 min.
Turkiy davlatlar muftiylari Boku shahrida jamlanadi

Joriy yilning 13–16 sentyabr kunlari Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi hamda uning doirasidagi bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Yig‘inlarda turkiy dunyoning yetakchi din peshvolari – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov, Turkmaniston muftiyci Rahmon Qurbonmurodov kabilar boshchiligidagi turkiy davlatlar ulamolaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etadi.  

Mamlakatimiz delegatsiyasi safidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi, Fatvo markazi, hududiy vakilliklar hamda oliy diniy ta’lim muassasalaridan vakillar joy olgan.

Tadbirlar doirasida ulamolar musulmon ummati uchun muhim bo‘lgan shar’iy masalalar, zamonaviy fatvolar va mushtarak tashabbuslarni muhokama qilib, yakuniy hujjatlarni imzolaydilar. Shuningdek, ilmiy-amaliy anjuman, ikki tomonlama muzokaralar hamda tabarruk qadamjolar ziyorati ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari