frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi

10.02.2026   24907   1 min.
Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi

#xabar #shaxmat #final

Xabar berganimizdek, “O‘zbekiston musulmonlari idorasi kubogi” sport musobaqalarining shaxmat turi bo‘yicha final bahslari yuqori saviyada, qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi.

 
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘oliblar quyidagicha bo‘ldi:

1-o‘rin — Toshkent viloyati vakili Abdulazizxon domla Ahmadxo‘jayev.

2-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Abdulkabir domla Idrisov.

3-o‘rin — Farg‘ona viloyati vakili Niyozbek domla Payg‘amov.


Respublika bosqichi natijalariga binoan birinchi o‘rin sohibi I darajali diplom hamda zamonaviy noutbuk, ikkinchi o‘rin sohibiga II darajali diplom va smart televizor, uchinchi o‘rin g‘olibiga esa III darajali diplom hamda planshet topshirildi.


Alloh taolo g‘oliblarga mukofotlarni muborak aylasin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi Shaxmat bo‘yicha final bahsi g‘olibi aniqlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

14.08.2026   40133   1 min.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan 35 nafar bolajonga sunnat to‘yi o‘tkazildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.

Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari