Bismillahir Rohmanir Rohiym
Muallo ibn Fazl rahmatullohi alayhi aytadi: "O‘tgan solihlar olti oy Ramazonga yetkazishini so‘rab Allohga duo qilishar, keyin olti oy bu oydagi ibodatlarining qabul qilinishini so‘rab iltijo etishar edi".
Yahyo ibn Kasir rahimahulloh: "Allohim, meni Ramazonga salomat yetkazgin, Ramazonni men uchun omon qilgin. Uni mendan maqbul holida qabul etgin", deb duo qilardi.
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati