Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Avgust, 2026   |   16 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:24
Asr
17:05
Shom
19:05
Xufton
20:25
Bismillah
29 Avgust, 2026, 16 Rabi`ul avval, 1448

Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda

11.02.2026   22836   1 min.
Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan tashkil etilayotgan doimiy qabullar aholining diniy-ma’rifiy va ijtimoiy masalalarini hal etishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Bugun, 11 fevral kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida masjidlar obodligi, oilaviy munosabatlar va ijtimoiy ko‘mak so‘rovlari atroflicha ko‘rib chiqildi.


Qabulda fuqarolarga shar’iy masalalar bo‘yicha zarur tavsiyalar berilib, moddiy yordamga muhtoj kishilarga belgilangan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. 


Eslatib o‘tamiz, bu kabi fuqarolar qabullari yurtimizning barcha hududlarida — har haftaning chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda Xalq bilan muloqot: har bir murojaat e’tiborda
Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   41106   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV