Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Oktabr, 2026   |   19 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:52
Peshin
12:12
Asr
15:39
Shom
17:24
Xufton
18:38
Bismillah
30 Oktabr, 2026, 19 Jumadul avval, 1448

Gullar

12.02.2026   24044   1 min.
Gullar

Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.

Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.

Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?

To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.

Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.

Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.

Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.

Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.

To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.

O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hududlarda otinoyilar o‘rtasida «Zakovat» bahslari o‘tkazildi

29.09.2026   79756   1 min.
Hududlarda otinoyilar o‘rtasida «Zakovat» bahslari o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan xotin-qizlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan xayrli loyihalar izchil davom etmoqda.


Shu maqsadda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi tashabbusi hamda mas’ullari bevosita ishtirokida joylarda bosh imom-xatiblarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchilari va mahalla otinoyilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual bellashuvlari tashkil etilmoqda.


Xususan, mazkur bilimlar bahsi Toshkent shahri, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi: 
 

  • Toshkent shahrida kechgan bahslarda otinoyilar tarixiy, adabiy, mantiqiy va diniy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Yakunda «Tasnim» jamoasi 1-o‘rinni egalladi, «Ma’rifat sohibalari» 2-o‘ringa, «Oqilalar» jamoasi esa 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.

  • Xorazm viloyatida «Ilm — ziyo, tafakkur — kamolot sari yo‘l!» shiori ostida o‘tgan bellashuvda O‘MI Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Egamova, diniy soha vakillari hamda hudud otinoyilari qatnashib, bilim va tajriba almashishdi.

  • Surxondaryo viloyatida esa ishtirokchilar ijtimoiy-siyosiy, aqidaviy-fiqhiy va mantiqiy savollarga jamoaviy tarzda javob berib, yuqori tayyorgarlik namoyish etdi hamda respublika bosqichi yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi.


Mazkur intellektual tadbirlar jamiyatda, xususan, oilalar va xotin-qizlar orasida ma’naviy sog‘lom muhitni mustahkamlashda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan otinoyilarning dunyoqarashini yanada kengaytirish va o‘zaro hamjihatligini kuchaytirishga xizmat qiladi.


Bellashuvlar so‘ngida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hududlarda otinoyilar o‘rtasida «Zakovat» bahslari o‘tkazildi Hududlarda otinoyilar o‘rtasida «Zakovat» bahslari o‘tkazildi Hududlarda otinoyilar o‘rtasida «Zakovat» bahslari o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari