Bu o‘rinda bir savol paydo bo‘ladi. Insonda shuncha katta-katta nuqsonlar bor ekan. Agar bu nuqsonlar biror mashinada bo‘lsa, uni birov sotib oladimi? Hech kim sotib olmaydi. Bunga shoir ajoyib she’r bitgan:
Tu bo ilmi azal maro diydi,
Diydi ongah, bo ayb bixaridi.
Tu bo ilmi onu man bo ayb hamon,
Rad makun, onchi xud pisandiydi.
Tarjima
Azal ilming ila meni bilding,
Ayb ila ko‘rib ham meni olding.
Senda o‘sha ilm, menda nuqson hanuz,
Qaytarmagin, nimani yaxshi ko‘rding.
Bu yerda ixtiyor qilishdan murod Alloh taolo bandalarining shuncha ayb- nuqsonlariga qaramasdan O‘zining fazlu karami bilan savdo qilib, ahdnoma yozadi va uni barchaga e’lon qiladi:
«Albatta, Alloh mo‘minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi» (Tavba surasi, 111-oyat).
“Jannat” deganda faqatgina go‘zal bog‘larni tushunmaylik. Balki jannatda Alloh taoloning diydori nasib bo‘ladi. Xuddi Alloh taolo bizning jon va mollarimizni O‘zining diydori evaziga sotib oladi. Chunki bu dunyoda Uni ko‘rib bo‘lmaydi. Subhanalloh! Qanchalik qimmat savdo qildi.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi
Mehmonlar markazga qadam qo‘yishi bilanoq dastavval uning ikkinchi qavatida joylashgan zamonaviy jihozlangan auditoriyalar va zamonaviy kutubxona bilan tanishdilar. Bu yerda yaratilgan sharoitlar markaz faqat muzey emas, balki ilm ahli — tadqiqotchilar, olimlar va yoshlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratilganini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa yurtimizda ilm ahliga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Hadis ilmi maktabi talabalari va ustozlari uchun markaz bosh ilmiy xodimi Zohidulla Munavvarov tomonidan dars jarayoni tashkil etildi. Unda markazning ilmiy konsepsiyasi va tuzilishi batafsil tushuntirilib, islomgacha bo‘lgan davrdan boshlab, islomning dastlabki bosqichlari, Birinchi va Ikkinchi Renessans hamda bugungi Uchinchi Renessans poydevorigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlar izchil yoritib berildi.
Mazkur ilmiy tushuntirishlardan so‘ng mehmonlar Markazning muzey qismi — ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.
Abdurashid Madrahimov, Hadis ilmi maktabi o‘qituvchisi:
– Markazning tashqi ko‘rinishi bizda juda katta taassurot qoldirdi. U o‘zining mahobati bilan islom tamaddunining haqiqiy qiyofasini aks ettiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu maskan butun bir sivilizatsiyaning timsoli ekanini shu zahotiyoq his qilish mumkin. Ichkariga kirganimizda esa taassurotlarimiz yanada kuchaydi — bunday go‘zallik va mukammallikni, ochig‘i, ilgari na tasavvur qilganmiz, na ko‘rganmiz.
Yunus Xo‘jamov, Hadis ilmi maktabi talabasi:
– Bu yerga kirib guvoh bo‘lyapmizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari va sa’y-harakatlari tufayli mana shunday ulug‘vor madaniyat, ma’rifat, ilm maskani barpo etildi. Ushbu Markazni aylangan kishi O‘zbekiston diyorida bo‘lib o‘tgan va hozirgacha davom etayotgan tarixni ikki-uch soat ichida bemalol tasavvur qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Masalan, maktab darsliklarida o‘qigan ma’lumotlarimni qaysidir ma’noda jonli ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi va ko‘z oldimda tariximizni to‘laqonli shakllantira oldim. Bu yerdagi eksponatlarni ko‘rishlik — bizning o‘qiyotgan ilmlarimizning haqiqiy daholari kim ekanligini ko‘z o‘ngida tasavvur qilish imkoniyatini beradi.
Misrning Al-Azhar universiteti professori Saloh Isoning fikricha, buyuk mamlakatda islom sivilizatsiyasining yuksak darajada namoyon etilgan.
– Ushbu Markazda islomning ilk sivilizatsiyasi va undan keyingi davrlarini aks ettiruvchi ko‘plab ko‘rgazmalar bilan tanishdik. Imom Buxoriy va Termiziyga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarni ko‘rdik. Ularning hayoti, ilmiy merosi va kitoblarining nusxalari bilan tanishdik. Shundan so‘ng Qur’oni karim zali bilan tanishdik va islom sivilizatsiyasining yuksak darajada namoyon etilganiga guvoh bo‘ldik. Bu markaz Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgani juda go‘zal va muhim qadamdir va musulmonlarga o‘zlarining ilk sivilizatsiyasini, ilm-fanini va madaniyatini eslatadi. Chunki islom sivilizatsiyasi insonlarga yuksak ilm, yuksak tafakkur, yuksak madaniyat va go‘zal axloqni o‘rgatadi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi