Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2026   |   13 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:53
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2026, 13 Shavvol, 1447

Qimmatbaho savdo

13.02.2026   12907   1 min.
Qimmatbaho savdo

Bu o‘rinda bir savol paydo bo‘ladi. Insonda shuncha katta-katta nuqsonlar bor ekan. Agar bu nuqsonlar biror mashinada bo‘lsa, uni birov sotib oladimi? Hech kim sotib olmaydi. Bunga shoir ajoyib she’r bitgan:

Tu bo ilmi azal maro diydi,
Diydi ongah, bo ayb bixaridi.
Tu bo ilmi onu man bo ayb hamon,
Rad makun, onchi xud pisandiydi.

Tarjima

Azal ilming ila meni bilding,
Ayb ila ko‘rib ham meni olding.
Senda o‘sha ilm, menda nuqson hanuz,
Qaytarmagin, nimani yaxshi ko‘rding.

Bu yerda ixtiyor qilishdan murod Alloh taolo bandalarining shuncha ayb- nuqsonlariga qaramasdan O‘zining fazlu karami bilan savdo qilib, ahdnoma yozadi va uni barchaga e’lon qiladi:

﴿إِنَّ اللهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِيْنَ أَنْفُسَهُمْ وَ أَمْوَلَهُمْ بِأَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ﴾

«Albatta, Alloh mo‘minlardan ularning jonlari va mollarini jannat evaziga sotib oldi» (Tavba surasi, 111-oyat).

“Jannat” deganda faqatgina go‘zal bog‘larni tushunmaylik. Balki jannatda Alloh taoloning diydori nasib bo‘ladi. Xuddi Alloh taolo bizning jon va mollarimizni O‘zining diydori evaziga sotib oladi. Chunki bu dunyoda Uni ko‘rib bo‘lmaydi. Subhanalloh! Qanchalik qimmat savdo qildi.


Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bandam Mendan uyalmaydi

01.04.2026   1866   1 min.
Bandam Mendan uyalmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Allohning o‘z bandalaridan uyalishi nima ekanini bilasizmi?

Tavrotda aytilgan: “Gunoh qilishdan uyalgin, darhaqiqat, seni jazolashdan Men ham uyalaman”.

Shuningdek, yana ilohiy kitoblarning birida bunday deyilgan: “Bandam Menga bo‘lgan munosabatda adolatsizdir: Men uning so‘ragan narsasini rad qilishga uyalaman, holbuki, u itoatsizlik qilganida Mendan uyalmaydi ham”.

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Haqiqatda Alloh eng hayoli, eng saxovatlidir. Qachonki bandasi nedir so‘rab iltijo bilan qo‘l ochib duo qilsa, Alloh bu duoga javob qilmaslikdan uyaladi” (Imom Bazzor rivoyati).

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.
 

Maqolalar