Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2026   |   26 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:20
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2026, 26 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

13.02.2026   382   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi

13.02.2026   1140   2 min.
Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi

#xabar #muftiy #juma #masjid

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugun, 13 fevral kuni juma namozini poytaxtimizning Bektemir tumanida qayta qurilib, foydalanishga topshirilgan "Abduqodir hoji ota" (avvalgi nomi "Xuton") jome masjidida ado etdilar.
 

 Muftiy hazratlari juma namozidan oldin jamoatga Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal – zikr va salavot aytishning fazilatlari haqida ma’rifiy suhbat qilib berdilar.


 Darhaqiqat, inson turli yumushlar bilan ovora bo‘lib, ba’zan ruhiy tarbiyadan, qalbiga ozuqa bo‘ladigan amallardan uzilib qoladi. Holbuki, zikr va salavotlar qalbni sayqallab, musaffo va nurli qiladi. 


 Ma’ruzada aytilganidek, Alloh taolo Qur’oni karimning o‘n olti joyida zikrga buyurgan: “Bas, Meni yod etingiz, (Men ham) sizlarni yod eturman. Menga shukr qilingiz, noshukrchilik qilmangiz!” (Baqara surasi, 152-oyat). Demak, zikrning eng katta foydasi – bandaning gunohlari afv etilishiga, Robbi ham uni yod etishiga sabab bo‘ladi.


 Ammo ba’zi insonlar “zikr qilishim kerak ekan” deya kundalik kasbu kor qilishdan ham o‘zlarini tortib, ahli oilasini tang ahvolga tushirib qo‘yganlarini eshitib qolamiz. Bu xato tushuncha bo‘lib, aslida ishlab turib ham qalbni zikr bilan mashg‘ul qilish mumkin. Bahouddin Naqshband hazrat: “Diling Allohda, qo‘ling ishda bo‘lsin”, deganida shunga dalolat etganlar.


 Shuningdek, salavot ham yaxshiliklar vasilasi, Allohning roziligiga olib boruvchi, ko‘plab ajr-savoblar eshigidir. Salavot aytishning nechog‘lik ulug‘ amal ekani Qur’oni karimda ta’kidlangan: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot ayturlar. Ey, mo‘minlar! (Sizlar ham) unga salavot va salom aytingiz!” (Ahzob surasi, 56-oyat).


 Zero, Payg‘ambar alayhissalom bunday marhamat qilganlar: “Menga salavot aytinglar, chunki qayerda bo‘lsangiz ham salavotlaringiz menga yetib keladi” (Imom Abu Dovud rivoyati).


Manfaatli ma’ruza so‘ngida barcha mo‘min-musulmonlar Allohning zikri va Payg‘ambar alayhissalomga salavot aytishda peshqadam bo‘lishini so‘rab duolar qilindi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi Qur’onda ta’kidlangan ikki ulug‘ amal vasf etildi
O'zbekiston yangiliklari