#xabar #ramazon
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2026 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi.
Alloh taolo Ramazon oyida qiladigan ibodat, duo va barcha solih amallarimizni qabul etsin, ajr-mukofotlarini ko‘paytirsin.
Yaratgan Robbimiz yurtimizga tinchlik, barqarorlik va ofiyatni nasib qilsin. Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bugun, 27 oktyabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi hamkorligida Diniy ta’lim muassasasi pedagog kadrlari, imom-xatib va imom noiblar uchun "Qur’on va tajvid ilmi" mavzusida binar dars tashkil etildi.
Darsda "Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi boshlig‘i Shayx Ali Fayzulloh Maxdum dinimizda vaqt va undan unumli foydalanishning ahamiyati haqida ma’ruza qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati