Bismillahir Rohmanir Rohiym
حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني أنا النضر نا هشام عن حماد عن أبي وائل عن ابن مسعود أو غيره من أصحاب النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: ”إن الله تعالى إذا أحب عبدا ابتلاه فمن حبه إياه يمسه البلاء كيما يسمع صوته.
Ibn Mas’ud roziyallohu anhu yoki Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning boshqa sahobalaridan rivoyat qilinadi. U zot alayhissalom: “Alloh taolo bir bandasini yaxshi ko‘rsa, uni sinovga uchratadi. Bandasiga bo‘lgan muhabbati tufayli bandasining ovozini eshitish uchun balo yetadi”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
Diniy soha xodimlari o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqaning viloyat bosqichlari tashkil etilmoqda.
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazilgan mazkur bosqichlarda shaharu tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘zaro bellashdi. Ular o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va mahoratini namoyon etishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli va mahoratli ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar diniy soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish va o‘zaro do‘stlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati