Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Rasululloh ﷺning ramazon tabriklari

19.02.2026   15870   1 min.
Rasululloh ﷺning ramazon tabriklari

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalariga xushxabar berib, bunday der edilar: "Sizlarga Ramazon oyi keldi — muborak oy. Alloh sizlarga uning ro‘zasini farz qildi. Unda jannat eshiklari ochiladi, jahannam eshiklari yopiladi, itoatsiz shaytonlar zanjirlanadi. Unda ming oydan yaxshiroq bo‘lgan bir kecha bor. Kim uning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, haqiqatan mahrum bo‘libdi" (Imom Nasoiy, Imom Ahmad rivoyati).

Hofiz Ibn Rajab rahimahulloh: "Ba’zi ulamolar bunday deyishgan: bu hadis odamlarning bir-birini Ramazon oyi bilan tabriklashiga asosdir. Qanday qilib mo‘min jannat eshiklari ochilishi bilan shodlanmasin?! Qanday qilib gunohkor jahannam eshiklari yopilishi bilan shodlanmasin?! Qanday qilib aqlli inson shaytonlar zanjirlanadigan vaqt bilan shodlanmasin?! Bu zamonga qaysi zamon o‘xshaydi?!”.

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarga bu oy keldi. Unda ming oydan yaxshi bo‘lgan Qadr kechasi bor. Kim u kechadan mahrum bo‘lsa, yaxshiliklarning barchasidan mahrum bo‘libdi. Uning yaxshiligidan faqat mahrumlargina bebahra qoladi", deganlar (Ibn Moja rivoyati).

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   9498   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari