Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2026   |   3 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:03
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:45
Bismillah
18 Iyun, 2026, 3 Muharram, 1448
Yangiliklar

Ramazonning ilk kechasi yurtimiz masjidlari shukuh va tarovatga to‘ldi (fotolavha)

19.02.2026   15974   1 min.
Ramazonning ilk kechasi yurtimiz masjidlari shukuh va tarovatga to‘ldi (fotolavha)

#xabar 

Bugun yurtimiz bo‘ylab muborak Ramazon oyining ilk taroveh namozi asnosida boshlangan xatmi Qur’onlar ko‘tarinki ruh va o‘zgacha fayz ila ado etildi.


Jome masjidlarga jam bo‘lgan mo‘min-musulmonlar xufton namozidan keyin mohir qorilarimizning go‘zal qiroatlaridan bahra olib, duoyu iltijolar bilan qalblari munavvar bo‘ldi.


Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bu yilgi ilk taroveh namozini Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" jome masjidi jamoati bilan birga ado etdilar. 


Jamoat namozidan oldin Muftiy hazratlari ushbu jomega jam bo‘lgan mo‘min-musulmonlarga Ramazoni sharif va xatmi Qur’onning fazilatlariga oid ta’sirli mav’iza qilib berdilar. 


Eslatib o‘tamiz, ulug‘ oy davomida yurtimiz bo‘ylab 2101 ta masjidda ado etiladigan taroveh namozlari, xususan, 1762 ta jomeda o‘qiladigan xatmi Qur’onlar yurtimizga fayzu baraka yog‘ilishiga sabab bo‘ladi, insha Alloh.


Alloh taolo diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalikni bardavom aylab, muborak oyni barchamiz uchun rahmat, mag‘firat va baraka oyi qilsin! 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Ramazonning ilk kechasi yurtimiz masjidlari shukuh va tarovatga to‘ldi (fotolavha) Ramazonning ilk kechasi yurtimiz masjidlari shukuh va tarovatga to‘ldi (fotolavha)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi

17.06.2026   2987   1 min.


Prezidentimiz O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarning faoliyatiga ham keng imkoniyatlar ochilishini ta’kidladi.

Bundan tashqari, investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish uchun suveren islom obligatsiyalari – sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi.

Bular korxonalarimizga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki beradi.

Shuningdek, xususiylashtirish doirasida shu yil 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.

Davlatimiz rahbari mahalliy va xorijiy investorlarni bunday yangi imkoniyatlardan keng foydalanishga chorladi.

O‘zA

O'zbekiston yangiliklari