O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Sirdaryo viloyati vakilligining "Haj-umra" masalalari bo‘yicha mutaxassisi, Guliston shahar "Iso ug‘li Muso" jome masjidi imom-xatibi Bahodir domla Suyunboyevga padari buzrukvori Sodiqjon hoji otaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
Alloh taolo marhum otaxonning oxiratlarini obod aylab, jannatdagi darajalarini yuksak qilsin.
Haq taolo marhum otaxonning barcha yaqinlariga, xususan, Bahodir domla Suyunboyevga chiroyli sabr bersin.
Janoza bugun, 23 fevral kuni soat 14:00 da Yangiyo‘l tumani "Saxovat" mahallasi Yangi turmush ko‘chasida marhumning xonadonida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati