frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Hamdardlik bildiramiz

23.02.2026   14677   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi  Sirdaryo viloyati vakilligining "Haj-umra" masalalari bo‘yicha mutaxassisi, Guliston shahar "Iso ug‘li Muso" jome masjidi imom-xatibi Bahodir domla Suyunboyevga padari buzrukvori Sodiqjon hoji otaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.
 

Alloh taolo marhum otaxonning oxiratlarini obod aylab, jannatdagi darajalarini yuksak qilsin. 


Haq taolo marhum otaxonning barcha yaqinlariga, xususan, Bahodir domla Suyunboyevga chiroyli sabr bersin.


Janoza bugun, 23 fevral kuni soat 14:00 da Yangiyo‘l tumani "Saxovat" mahallasi Yangi turmush ko‘chasida marhumning xonadonida o‘qiladi.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.

«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering». 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr va muruvvat har bir xonadonga kirib bormoqda

17.09.2026   15645   1 min.
Mehr va muruvvat har bir xonadonga kirib bormoqda

Joriy yilning 16 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyatida «Inson qadri ulug‘langan yurtda mehr va e’tibor har bir xonadonga kirib boradi» shiori ostida xayrli tadbir o‘tkazildi.


Mazkur tashabbusga Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyatdagi vakili, bosh imom-xatib Rahmatillo domla Usmonov boshchilik qildi.


Tadbir doirasida shahar va tuman bosh imom-xatiblari hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan va bemor fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurdilar.


Samimiy muloqotlar davomida fuqarolarning hol-ahvoli va ehtiyojlari o‘rganilib, ularga ma’naviy dalda berildi. Xonadon egalariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, ehson va sovg‘a-salomlar topshirildi.


Shuningdek, imom-xatiblar yurtdoshlarimiz bilan oila mustahkamligi, o‘zaro mehr-oqibat, sabr-qanoat hamda saxovatning fazilatlari haqida diniy-ma’rifiy suhbatlar olib bordilar. Bu kabi xayriya tadbirlari jamiyatda hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, odamlar qalbida ertangi kunga ishonch uyg‘otishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Mehr va muruvvat har bir xonadonga kirib bormoqda Mehr va muruvvat har bir xonadonga kirib bormoqda Mehr va muruvvat har bir xonadonga kirib bormoqda
O'zbekiston yangiliklari