Bugun yurtimizdagi masjid, madrasa va ziyoratgohlar obod etilmoqda, ajdodlar merosi tadqiq etilmoqda, Qur’on kurslarida minglab hamyurtlarimiz saboq olmoqda, haj va umra amallarini ado etish imkoniyati kengaymoqda.
Poytaxtimizda bunyod etilgan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqand viloyatida qad rostlagan mahobatli Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimlari nafaqat xalqimiz uchun, balki butun musulmon ummati uchun eng munosib Ramazon tuhfasi bo‘ladi, insha Alloh.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ramazon oyi tabrigi va murojaatidan
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi "Kulol-Qo‘rg‘on" jome masjidi imom noibi Bahodir domla Muhammadiyev O‘zbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasidagi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovida g‘olib deb topildi.
Imom-domlamizning ilmiy faoliyati, ta’lim sohasidagi tashabbuslari hamda fidokorona mehnatlari yuqori baholanib, u kishi «Buyuk xizmat – Oliy sharaf» xalqaro esdalik va sharaf nishonlari hamda maxsus guvohnoma bilan taqdirlandilar.
Bahodir domlani ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlaymiz!
Alloh taolo domlamizning ilmlarini bundan-da ziyoda qilsin, dinimiz va el-yurtimiz rivoji yo‘lidagi ijodiy va ilmiy faoliyatlariga baraka bersin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati