Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2026   |   11 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:06
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:21
Bismillah
25 Iyul, 2026, 11 Safar, 1448

Zakot berishdan maqsad nima?

02.03.2026   16722   1 min.
Zakot berishdan maqsad nima?

Farz qilingan zakot cho‘ntaklardan olinadigan soliq emas, balki u eng avvalo insonlarga mehr-muruvvat va rahm-shafqat tuyg‘u, shiorlarini singdirish, turli tabaqalar o‘rtasida tanishuv va ulfatlik munosabatlarini mustahkamlashdir. Qur’oni Karimda zakot berishdan maqsad, g‘oya bayon etilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xitoban: "Mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan. Ularning haqqiga duo qil. Albatta, duoying ular uchun taskindir. Alloh o‘ta eshituvchidir, o‘ta biluvchidir" (Tavba surasi, 103-oyat) deyilgan.

Shuningdek, zakot joriy etilishining eng muhim hikmatlaridan biri, nafsni tubanlik kirligidan tozalash va jamiyatni oliy darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Shayx Muhammad G‘azzoliy rahimahulloh.

Izoh: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Zakot — Islomning ko‘prigidir" deganlar. Zakot berish bilan bevalar, yetimlar, nogironlar va muhtojlarga g‘amxo‘rlik qilinadi. U insonlar o‘rtasida aloqalarni yaxshilab, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi ko‘prik.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi

23.07.2026   11159   1 min.
Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan «Mahalla obodligi va mehr-oqibat oyligi» doirasida xayrli va savobli tadbirlar izchil davom etmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti hamda Xo‘jayli tumanidagi «Pirim eshon» jome masjidi hamkorligida o‘tkazildi.


Tadbirda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B.Razov, qozi o‘rinbosari A.Djolaushiyev, Xo‘jayli tumani bosh imom-xatibi I.Sherniyazov, shahar va tuman bosh imomlari hamda joriy yilda Haj ziyoratini ado etib qaytgan hoji otalar ishtirok etdilar.


Saxovatpesha homiylar ko‘magi bilan tashkil etilgan ushbu aksiya doirasida tumanning 14 ta mahallasida yashovchi 70 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi. Xonadonlarga tashrif buyurilib, farzandlar uchun maktab formalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi, diniy soha vakillari va hoji otalar fuqarolar bilan samimiy muloqotda bo‘lib, ularning fikr-mulohazalarini tingladilar.


Xalqimizga xos mehr-oqibat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan bu kabi xayriya tadbirlari respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi Xo‘jaylida mehr-muruvvat tadbiri: 70 dan ortiq oilaga saxovat ulashildi
O'zbekiston yangiliklari