O‘qilishi: “Robbij’al haazaa baladan aaminan varzuq ahlahuu minaç çamarooti man aamana minhum billaahi va yavmil aaxir”.
Ma’nosi: “Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin” (Baqara surasi, 126-oyat)
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qur’oni karimda rayhon zikr qilingan. Alloh taolo aytadi:
﴿وَالْحَبُّ ذُو الْعَصْفِ وَالرَّيْحَانُ﴾
“Yana (unda) somonli donlar va rayhon (va boshqa gullar) bor” (Rahmon surasi, 12-oyat).
﴿فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّةُ نَعِيمٍ﴾
“(uning uchun) rohat, rayhon (bo‘yi) va ne’matlar jannati bordir” (Voqea surasi, 89-oyat).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimga rayhon taklif qilinsa, uni qaytarmasin. Zero ko‘tarishga yengil, hidi xushbo‘ydir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).
Rayhonning xushbo‘y hidi ko‘ngilga xursandchilik bag‘ishlaydi. Uni hidlash va uyga qo‘yib qo‘yish bilan yuqumli kasalliklar daf bo‘ladi. Badanga ishqalansa, terlashni, ortiqcha rutubat va noxush hidlarni ketkizadi.
Qora rayhonning yirik bargli va ko‘kish ranglisi erituvchi xususiyatga ega. Shuningdek, u tanadagi tiqilmalarni ham ochadi.
"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li