Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Molingning zakotini ado qilgan bo‘lsang, batahqiq, zimmangdagi(burch)ni bajaribsan", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Yahyo domla RAZZOQOV,
Ulamolar kengashi a’zosi, Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qays ibn Xolid Juhaniy rahimahulloh aytadilar: “Agar banda ramazon oyining ro‘zasini tutsa, qiyomat kuni nurdan bo‘lgan bulut ustida keladi. Bulutda yetmish mingta qizil yoqutdan eshiklari bo‘lgan qasr bo‘ladi”.