Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Besh vaqt namoz, jumadan jumagacha va Ramazondan Ramazongacha (bo‘lgan ushbu ibodatlar) o‘z oralaridagi (gunoh)larga kafforotdir, modomiki kabira gunohlardan tiyilingan bo‘lsa", dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Samarqand viloyatida joylashgan Imom Buxoriy majmuasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olamida ulug‘ ziyoratgoh hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Imom Buxoriy majmuasining ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu maskan islom ma’rifatini yoyish, yosh avlodni milliy va diniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynashi haqida bayon qilgan.
Yaqinda majmuada ilk hayit namozi ado etildi. Bu voqea musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Namozga minglab namozxonlar tashrif buyurishdi.
Ushbu ko‘rsatuvda Imom Buxoriy majmuasining ahamiyati va ulamolarimiz tomonidan e’tirof etilishi yoritilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati