frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda

10.03.2026   14397   1 min.
Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda

Xorijdagi elchixona va konsullik idoralari tomonidan chet eldagi vatandoshlar ishtirokida muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan ko‘plab saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mehr-shafqat, bag‘rikenglik va saxovat oyi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va iftorliklar xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga milliy-diniy qadriyatlarni yetkazish maqsadida tashkil etilyapti.

“Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida o‘tkazilayotgan xayrli tadbirlar xorijda mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan va doimiy yashab kelayotgan yurtdoshlarni bir davraga birlashtirish imkonini bermoqda.

Uchrashuvlarda vatandoshlarimizga Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, islom dini arkonlari, muhtoj va ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish, yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrash kabi masalalarda keng tushuncha berilmoqda.

Madaniy-ma’rifiy tadbirlarda davlatimiz tomonidan yuborilgan diniy ulamolar ham qatnashib, hamyurtlarimizga islom dinining haqiqat, ezgulik, adolat, xayrixohlik, bag‘rikenglik borasidagi ahamiyati, milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, diniy ma’lumotlardan foydalanish manbalari, yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan g‘oyalar ta’siriga tushib qolmaslik kabi masalalarda fikr yuritmoqda.

Bugungi kungacha, Tokio, London, Doha, Jidda, Chongju, Vashington, Nyu-York, Nyu-Jersi, Filadelfiya, Anqara, Istanbul, Chanqay, Karabyuk, Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Kemerovo, Yekaterinburg, Vladivostok, Xabarovsk, Kaliningrad, Rostov-Don, Irkutsk, Qohira, Praga, Kuala-Lumpur, Boku kabi yirik shaharlarda iftorlik tadbirlari yuqori darajada tashkil etildi.

Chet eldagi elchixona va konsullik idoralari Ramazon hayiti bayramigacha yana ko‘plab shaharlarda milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda vatandoshlar ishtirokida ana shunday uchrashuv va iftorliklar o‘tkazishni reja qilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda Xorijda yurtdoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan iftorliklar geografiyasi tobora kengaymoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Shahrisabzdagi "Oq masjid" jomesining yangi binosi qurilishi boshlandi

07.09.2026   31157   1 min.
Shahrisabzdagi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi «Oq masjid» jome masjidining yangi binosi poydevoriga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Xayrli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov, tuman imom-xatiblari, mahalla faollari va ko‘p sonli namozxonlar ishtirok etdi.


Yig‘ilganlar mazkur ezgu tashabbusning bardavom bo‘lishini, qurilish ishlarining ko‘ngildagidek, bexatar va tez fursatlarda yakunlanishini tilab, Alloh taolodan xayr-baraka so‘rab duolar qildilar.


Ta’kidlanganidek, yangi bino qad rostlashi natijasida hudud aholisi va masjid qavmi uchun yanada keng, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratiladi.


Shuningdek, masjid qurilishiga xolis hissa qo‘shayotgan barcha saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamda quruvchi-mutaxassislar haqqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Shahrisabzdagi Shahrisabzdagi
O'zbekiston yangiliklari