Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyun, 2026   |   22 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
19:59
Xufton
21:35
Bismillah
09 Iyun, 2026, 22 Zulhijja, 1447
Maqolalar

Yo‘ldagi voqea

10.03.2026   10033   1 min.
Yo‘ldagi voqea

Yomg‘irdan keyin nogironlik aravachasida ko‘chaga chiqqan onaxon yo‘ldagi ko‘lmakda yotgan non bo‘lagini ko‘rib, olib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo yo‘l o‘rtarog‘iga yetganida aravachaning oyog‘i bir chuqurga tushib, siqilib qoldi.

Ko‘chadan tezlikda o‘tayotgan bir moshinaning onaxonga suv sachratib o‘tgani mayli, non bo‘lagini bosib ketganidan dili xufton bo‘ldi. Avtoulov sal nariga borib to‘xtadi. So‘ng orqalab onaxonning yaqiniga qaytdi. Undan bir yigitcha tushib, boshini biroz egib, aybdorona qiyofada onaxonning oldiga keldi.

– Men sizga suv sachratib o‘tdim, shekilli. Kechiring, hoji ona, telefonga chalg‘ibman.

Yigit onaning biroz titrab turgan qo‘llaridan tutib o‘pdi va peshonasiga surdi. Aravachani dast ko‘tarib yo‘lning chetiga oldi. Onaxon bir zumda erib tushdi. Yigitdan judayam minnatdor bo‘ldi va nasihat qildi:

– Menga sachragan suv-ku, qurib ketadi. Ammo sen nonni bosib o‘tding, bolam. Bizlar bolaligimizda to‘yib non yesak, o‘sha bizga katta bayram edi. O‘zing tarbiyali yigit ekansan, yo‘lda bunaqa tez haydama. Har narsaning uvoli bor, shuni unutma.

Yigit, “Xo‘p bo‘ladi”, der ekan, Ramazon oyining fazlidan dillar mum kabi erishini, qo‘ldan kelgancha yaxshilik qilish, odamlarning ko‘nglini ranjitmaslikka harakat qilish kerakligini dildan his etdi.

 

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA

09.06.2026   848   1 min.
MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA

Haj amallarini nihoyasiga yetkazib, birin-ketin ona Vatanga qaytish tadorigini ko‘rayotgan Makka shahridagi yurtdoshlarimiz uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassislari, taniqli imom-xatiblar va ellikboshilar tomonidan har kuni ma’rifiy suhbatlar tashkil etilmoqda.

Ushbu uchrashuvlarda ziyoratchilarga hojilikning mazmun-mohiyati, ushbu ulug‘ maqomning fazilatlari hamda hojining odob-axloqi haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda. Ayniqsa, hajdan keyin sharafli maqomga munosib hayot kechirish, taqvo, halollik va ezgu amallarni kundalik hayot mezoniga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti. Shuningdek, xalqimiz orasida uchrab turadigan ayrim noo‘rin urf-odatlar, xususan, ortiqcha isrofgarchilikka olib keluvchi «hoji to‘yi» kabi marosimlardan saqlanish lozimligi, hajning asl ruhi kamtarlik, shukronalik va xayr-saxovat ekanligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan birga, hojilarning jamiyatda ezgulik va ma’rifat targ‘ibotchilari bo‘lishlari, mahallalarda ahillik va totuvlikni mustahkamlash, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga hissa qo‘shish, sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish va yurt taraqqiyotiga xizmat qilish kabi muhim vazifalari xususida ham zarur tavsiyalar berib o‘tilyapti.

Ma’rifiy suhbatlar yakunida Qur’oni karim xatmlari baxshida qilinib, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda Davlatimiz Rahbari haqqiga xayrli duolar qilinmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmat

MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA MA’RIFIY SUHBATLAR HOJILARGA DASTURILAMAL BO‘LMOQDA
Haj va umra