Bismillahir Rohmanir Rohiym
Solih salaflar bir-birlarini ko‘nglilarini ko‘tarib: “Albatta Ramazon oyi kamgina kunlardir. Va’da qilingani esa jannatdir”, der edilar (“Sifatu sofva” asaridan).
Shayx Favvoz Namar aytadilar: "Shayximiz Ali Farrujiydan: "Xo‘jam, Payg‘ambarga bir kunda necha marta salavot aytaylik. Ming marta, ikki ming, uch ming yo to‘rt ming martami?" deb so‘rasam, u kishi shunday javob qildilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan sanoq ishlatishimiz ayb!".