Bismillahir Rohmanir Rohiym
اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي
“Allohumma innaka afuvvun, tuhibbul afva, fa’fu ’anniy”.
Allohim, albatta, Sen kechiruvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Gunohlarimni kechirgin.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo Dovud alayhissalomga bunday buyurdi: “Bandalarimga aytginki, kim Mening muhabbatimni da’vo qilsa-yu, tun kirganda Men bilan suhbatlashmasdan uxlasa, u yolg‘onchi oshiqdir”.
Axir, chin oshiq o‘z sevgani bilan yolg‘iz qolishni istamaydimi? Albatta, xohlaydi. Shuning uchun, kim Alloh taolo muhabbatining da’vosini qilsa, tunlari hamma uxlaganda peshonasini sajdaga qo‘yib, O‘z mahbubi bilan dil rozlarini arz qilsin.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi