Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh bunday deganlar:
“O‘zingni noma’lumlik yeriga ko‘m!” Odamlar e’tibori aldamchidir, bu shirin yolg‘on, shirin zahar kabi halok qilmasin, umringni yoqib kulini ko‘kka sovurmasin.
Vafot qilganingda "Jasad qani?", "Murda qayerda?" deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Janoza namozingni o‘qimoqchi bo‘lishganda "Tobutni hozirlanglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Dafn qilishayotganda "Mayyitni olib kelinglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Shunday ekan, qavming, mansabing, naslu nasabing seni aldab qo‘ymasin.
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Xorazm viloyatida diniy soha vakillari o‘rtasida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va milliy qadriyatlarni ulug‘lash maqsadida tashkil etilgan ushbu bellashuvda vohaning eng polvon xodimlari o‘z mahoratini ko‘rsatdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
Shahar va tumanlardan kelgan eng kuchli polvonlar saralab olindi;
G‘oliblar musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Polvonlarimizga navbatdagi bellashuvlarda zafarlar tilaymiz!
O‘MI
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati