Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlarining so‘nggi haftasida bir suhbat o‘tkazib: “Alloh taolo bandasiga hayotda istaganicha yashash, yeb-ichish yoki Robbiga yetishishdan birini tanlashga imkoniyat berdi, u esa Robbiga yetishishni afzal bildi”, dedilar.
Bu gapdan hazrat Abu Bakr roziyallohu anhuning ko‘zlari yoshlanib, mahzun ovozda: “Ota-onamiz sizga fido bo‘lsin, yo Allohning Rasuli!” dedilar. O‘tirganlar hazrat Abu Bakr roziyallohu anhuning yig‘isini, aytgan so‘zlarini tushunishmadi. Ammo u zot Payg‘ambarlar oxiri sollallohu alayhi vasallamning vafotlari yaqinligini bilgan edilar.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi