O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumani bosh imomi hamda "Ma’rifatli" masjidi imom-xatibi Abror domla Ravshanovning akalari Abdulla otaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Haq taolo marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Imom Suyutiy rahimahulloh aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ga ko‘p salavot aytish rizqlarni ko‘paytiradi, barakalarni ziyoda qiladi, hojatlarni qondirib beradi, g‘am-tashvish va barcha qayg‘ularni ketkazadi".
Ibn Qayyim al-Javziya rahmatullohi alayhi aytadilar: "Agar mo‘minlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishning fazilatini bilganlarida, tillari hech qachon undan to‘xtamas edi. Albatta, Payg‘ambarga salavot aytish qalbingdagi barcha niyatlar ijobat bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Uning samaralaridan biri — Qiyomat kuni sirot ko‘prigida sobit turish va undan o‘tishga yordam berishi".
Ibn al-Javziy rahimahulloh aytadilar: "Agar Alloh bir bandasiga yaxshilikni istasa, uning tilini Muhammad ﷺ ga salavot aytishga oson qiladi".
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ko‘p salavot aytishda quyidagi fazilatlar bor: "Gunohlar kechirilishi, xatolarning yuvilishi, duolarning qabul bo‘lishi, hojatlarning qondirilishi, qiyinchilik va g‘amlarning ketishi, yaxshilik va barakalarning kelishi, Yer va Osmon Robbisining roziligiga erishish. Shuningdek, u qabrda egasi uchun nur bo‘ladi va turli balolardan najot beradi".
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish sening g‘amingni ketkazadi va gunohlaringni kechirilishga sabab bo‘ladi. Shu bilan sen dunyo va oxirat baxtiga erishasan.
Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot aytadilar. Ey iymon keltirganlar! Sizlar ham unga salavot aytib, salom yo‘llanglar”.
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV