Bismillahir Rohmanir Rohiym
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam tarvuzni (yangi pishgan rutob) xurmo bilan iste’mol qilar va: “buning issiqligi buni sovuqligini ketkazadi”, der edilar (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).
Tarvuz haqida rivoyat qilingan bundan boshqa hadislar sahih sanalmagan. Tarvuz sovuqlik va ho‘l, bodring va tarradan ko‘ra tezroq hazm bo‘ladi. Uni iste’mol qiluvchining mijozi issiq bo‘lsa ko‘proq foyda qiladi. Sovuq mijozli kishilarga uning zararini ketkazish uchun zanjabil va shu kabi mahsulotlarni tavsiya qilinadi. Tarvuzni ovqatdan avval iste’mol qilish lozim. Aks holda, ko‘ngilni behuzur qiladi. Ba’zi tabiblar: “Tarvuzni taomdan oldin iste’mol qilinsa, oshqozon yuviladi va kasalliklar ketadi”, deganlar.
"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li