To‘rt mazhab bu - mujtahid imomlarining xulosasidir. Sahoba va tobe’inlar fiqhining xulosasidir. U dinni tushunish borasida musulmonlarning mo‘tamad, tan olingan madrasalaridir. U toyilish va haddan oshishdan yiroq bo‘lgan, mo‘tadil yo‘l bo‘lib, Alloh taolo yerda unga qabulni bitgan, ulamolar quvvatlagan va barcha musulmon maktablari shularning asosiga barpo etilgandir.
Shu sabab, ushbu mazhablarga qarshi urushadigan, kurashadiganlar halokatga yo‘liquvchidir. Bu qarshiligi bilan solih salaflar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir, sahobalar e’tiqodiga qarshi urushuvchidir va bu urinishi bilan Islom diniga qarshi urushuvchidir. Chunki Islom tushunchasi mana shu to‘rt mazhab madrasalari asosida shakllangan. Alloh taolo ushbu mazhab sohiblaridan O‘zi rozi bo‘lsin va barakotlaridan manfaatlantirsin.
Doktor Abdulqodir Husayn
Ozarbayjon safari davomida Turkiy davlatlar muftiylari va anjuman ishtirokchilari Boku, Fuzuliy, Ag‘dam, Shusha singari shaharlardagi muborak qadamjolarni ziyorat qilishdi. Xususan, Boku shahridagi Sayyid Yahyo Bakuviy ziyoratgohi va "Shahidlar xiyoboni"da bo‘ldilar.
Tashkilotchilar iltimosiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Ag‘dam shahridagi tarixiy “Juma” masjidida turli davlatlardan kelgan muftiylar, ulamolar va martabali mehmonlarga peshin namozida imomlik qilib berdilar.
Ziyoratlar asnosida ulamolar tomonidan Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, qardosh ellar tinchligi, barqarorligi va birdamligini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati