Ilohim, borliq Xoliqi, taslimman Senga,
Osiy bandangman, O‘zing rahm ayla menga.
Turli xil “yulduz”lar va bekorchilar haqidagi o‘nlab gazeta va jurnallarni mutolaa qildim. Shunda o‘zimga o‘zim: “Eh, ming afsus, rostgo‘y, ro‘za tutadigan, Allohga ibodat qiladigan va Undan qo‘rqadigan mo‘min-mo‘mina va muslim-muslimalar qayerada-yu bular qayerda?! Bu chegaralangan qisqagina umr bunday bekorchilik va ikkinchi darajali ishlar va ma’siyat-gunohlarga sarf etib yuborish mumkin-mi? Yoki sizda boshqa umringiz yoki kunlaringiz ham bor-mi? Yoki Allohdan o‘lmasligingiz haqida ishonchnoma yozdirib olganmisiz? Yo‘q, aslo! Bu o‘ylarning barchasi yolg‘on gumon va yaroqsiz orzulardan boshqa narsa emas. Shunday ekan, o‘zingizni hisob-kitob qiling, qadamingizni o‘ylab bosing va najot kemasiga chiqib oling!".
Shu’la: Oqila ayol suvsiz sahroni go‘zal bo‘stonga aylantiradi.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.
Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.