Shoh Fazlur Rahmon Ganjmurod Obodiy Naqshbandiya silsilasining ulug‘ shayxlaridan edilar. Kunlarning birida u zotning huzurlariga Ashraf Ali Tahonaviy rahimahulloh keladilar. Shunda hazrat u kishiga: “Ey! Ashraf Ali qachon sajda qilsam, Alloh meni sevishini his qilaman. Agar Qur’on o‘qisam, xuddi Alloh taolo bilan suhbatlashayotgandek bo‘laman. Men bundan shunday lazzat topamanki, agar jannatda hurlar mening oldimga kelsalar, ularga: “Xonimlar, menga ozgina Qur’on o‘qib beringlar”, deyman.
Subhanalloh! Qarang, Allohning valiy bandalari ibodatdan qanchalik lazzat olishgan!
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.
Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati