Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytadilar: "Alloh taolo katta gunohlarni mag‘firat qiladi, noumid bo‘lmanglar. Ammo, kichik gunohlar sabab azoblaydi, aldanib qolmanglar" (Ibn Battolning Imom Buxoriyning "Sahih" asariga yozgan sharhidan).
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Allohim! Men Sendan g‘am va mahzunlikdan, ojizlik va dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan, qarzga botib qolishdan va odamlarning menga g‘olib bo‘lishidan panoh so‘rayman", deb aytardilar.