Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2026   |   10 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
25 Iyun, 2026, 10 Muharram, 1448

Kim ko‘p istig‘for aytsa...

23.04.2026   26337   1 min.
Kim ko‘p istig‘for aytsa...

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: مَنْ لَزِمَ الْاِسْتِغْفَارَ جَعَلَ اللهُ لَهُ مِنْ كُلِّ ضِيقٍ مَخْرَجًا، وَمِنْ كُلِّ هَمٍّ فَرَجًا، وَرَزَقَهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.

 

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim istig‘forni lozim tutsa, Alloh unga har bir torlikdan chiqishni, har bir g‘amdan kushoyish nasib qiladi. Hamda uni o‘zi bilmagan joydan rizqlantiradi", dedilar (Abu Dovud va Nasoiy rivoyati).

Sharh: Doimo istig‘for aytib yurgan banda kam bo‘lmaydi. Ruhiy tarbiya ustozlari yangi muridlariga ertalab yuz marta, kechqurun yuz marta istig‘for aytishni vazifa qilib beradilar. Ana shunga amal qilish lozim.

"Hadis va hayot" kitobi 35-juz

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Oq xo‘roz haqidagi hadis bormi?

25.06.2026   907   1 min.
Oq xo‘roz haqidagi hadis bormi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men yaqinda bir video ko‘rdim. Unda xo‘roz boqish, ayniqsa, oq xo‘roz boqish sunnat ekani, Payg‘ambarimiz alayhissalom ham uylarida xo‘roz boqqanlari aytilgan ekan. Shunday mazmunda hadis bormi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Hadis sohasida yetuk allomalar xo‘roz haqida kelgan ikkita hadis sahih, ammo boshqalari, xususan, oq xo‘roz haqidagi hadislarni to‘qima yoki o‘ta zaifdir deganlar. Ikki hadisning birini imom Abu Dovud rahimahulloh Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudan rivoyat qilgan: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Xo‘rozni so‘kmanglar, chunki u namozga uyg‘otadi”, deganlar.

Ikkinchisini Abu Hurayra roziyallohu anhudan imom Buxoriy va Muslim rahimahullohlar rivoyat qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xo‘rozning qichqirishini eshitsangiz, Allohdan fazl-marhamat so‘rang, chunki u farishtani ko‘rgan”, dedilar. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

Maqolalar