Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2026   |   11 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
26 Iyun, 2026, 11 Muharram, 1448

Baraka ustiga baraka

05.05.2026   11042   1 min.
Baraka ustiga baraka

Alloma Sayyid Alaviy Molikiy rahimahulloh juda hozirjavob va so‘rovchini dalil bilan qanoatlantirib qo‘yuvchi buyuk olim edilar.

Bir kuni shayxning oldilariga Ka’bai sharifning tarnovidan tushayotgan suv ostida barakalanib, suv ostida turganlaridan g‘azabi chiqqan bir kishi keldi.

U shayxga:

Bularni gapini qarang, buni baraka deyaptilar! dedi.

Shunda shayx:

Bunda ikkita baraka bor. Alloh taolo aytadiki: Va osmondan baraka suvini tushirdik(Qof surasi, 9-oyat), yana Alloh taolo aytadi: Odamlarga muborak qilib qo‘yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir (Oli Imron surasi, 96-oyat).

Baraka ustiga baraka (ya’ni, suvning barakasi, Baytullohning barakasi), deb javob berdilar.

Haligi darg‘azab kishi boshini eggancha, shayx Sayyid Alaviy Molikiy rahimahullohdan eshitganlariga raddiya berolmay jim bo‘lib qoldi.

 

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Tejamkor qashshoq bo‘lmaydi

26.06.2026   504   1 min.
Tejamkor qashshoq bo‘lmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: "Tejamkor odam hech qachon qashshoq bo‘lmaydi", deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Maqolalar