Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448
Yangiliklar

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

07.05.2026   15184   1 min.
Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

Buxoro shahridagi «Abu Bakr as-Siddiq» jome masjidida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tashabbusi bilan amalga oshirildi.


Uchrashuvda imom-xatib Orif domla To‘qsonov ishtirok etib, gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan fuqarolar bilan yaqindan muloqot qildi. Navbatdagi suhbat «Yo‘llardan to‘g‘ri foydalanish — odob va mas’uliyatdir» mavzusiga bag‘ishlandi. Imom-xatib o‘z ma’ruzasida islom dinida yo‘l haqqi, jamoat joylarida o‘zini tutish odoblari va atrofdagilarga ozor bermaslikning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.


Tadbir davomida ishtirokchilar aqida, fiqh va ijtimoiy hayotga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Muloqot jarayoni ma’lumotlarning to‘laqonli va tushunarli yetib borishini ta’minlash maqsadida malakali surdo tarjimon hamrohligida olib borildi.


Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan ehsonlar ulashildi. Bu kabi tadbirlar jamiyatda ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamning diniy va ma’rifiy bilimlarini oshirish, ularni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Buxoro viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat o‘tkazildi Buxoroda imkoniyati cheklanganlar uchun ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Hijriy yangi yil: Muharram oyini qanday o‘tkazish kerak?

16.06.2026   6841   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym