Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Avgust, 2026   |   1 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:02
Quyosh
05:31
Peshin
12:28
Asr
17:21
Shom
19:28
Xufton
20:54
Bismillah
14 Avgust, 2026, 1 Rabi`ul avval, 1448

Aksa urganda va esnaganda bajariladigan 4 amal

07.05.2026   10138   2 min.
Aksa urganda va esnaganda bajariladigan 4 amal

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: “Aksa urish Alloh taolodan, esnash esa shaytondandir. Shuning uchun qachon birortangiz esnasa, qo‘lini og‘ziga qo‘ysin. Agar (esnagan paytda): “ooh, ooh” desa, shayton uning ichida kuladi. Alloh taolo aksa urishni yaxshi ko‘radi, esnashni yomon ko‘radi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

 

1. Aksirganda qo‘li yo kiyimini og‘ziga qo‘yish.

Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sllallohu alayhi vasallam aksirganlarida qo‘llarini yoki kiyimlarini og‘zilariga qo‘yardilar va u bilan ovozlarini pasaytirardilar” (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati).

Ushbu sunnatga amal qilish tufayli aksirgan paytda yonidagi kishilarga aziyat berishdan saqlangan bo‘ladi.

 

2. Aksirganda ovozini pasaytirish.

Aksirishda juda baland ovoz chiqarish odobsizlikdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa, ikki kaftini og‘ziga qo‘ysin va ovozini pasaytirsin”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

3. Aksirgandan keyin Allohga hamd aytish.

Aksirgandan keyin Allohga hamd aytish. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa “alhamdulillah” (Allohga hamd bo‘lsin), deb aytsin. Uning birodari esa, unga “yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin), desin. Birodari unga “yarhamukalloh”, deb aytsa, u “yahdiykumullohu va yuslihu balakum (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ishlaringizni isloh qilsin), deb aytsin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

 

4. Aksirib Allohga hamd aytgan kishiga “tashmit” aytish. Musulmon kishining haqlaridan biri aksirganda unga tashmit aytish hisolanadi. Aksirgandan so‘ng Allohga hamd aytgan kishiga “Yarhamukalloh”, deb aytishdir.Tashmit aytish uchun, aksirgan odam Allohga hamd aytishi kerak bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biringiz aksirsa “alhamdulillah” (Allohga hamd bo‘lsin), deb aytsin. Uning birodari esa, unga “yarhamukalloh” (Alloh senga rahm qilsin), desin. Birodari unga “yarhamukalloh”, deb aytsa, u “yahdiykumullohu va yuslihu balakum” (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ishlaringizni isloh qilsin), deb aytsin”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Videolar

Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

10.08.2026   16086   1 min.
Farg‘onada 35 nafar yetim bolaning xatna to‘yi bayramona va ko‘tarinki ruhda nishonlandi

 

Alloh taolo ushbu ezgu ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlarning ehsonlarini dargohida qabul qilsin, mol-u jonlariga baraka, oilalariga tinchlik va xotirjamlik ato etsin. Yurtimizda bunday xayrli amallar bardavom bo‘lib, yetim bolalarning yuzidagi quvonch va tabassum hech qachon arimasin.

 

Vaqf.uz sayti orqali o‘zingiz xohlagan yo‘nalishga ehson qilishingiz mumkin!

VIDEO