#imom #Abu #Hanifa
Imom Abu Hanifa – No‘mon ibn Sobit Kufiy rahimahulloh (80-150)
1. Ismi- No‘mon ibn Sobit
2. Kunyasi- Abu Hanifa
3. Yashagan davri- Umaviy va Abbosiylar boshqaruvi davri.
4. Tashqi ko‘rinishi – so‘zamol, ochiq yuzli, hay’at va libosi kelishgan.
5. Axloq-odobi – Alloh taolo man etgan narsalardan saqlanishda o‘ta kuchli, taqvodor.
6. Darajasi – tobein, sahobalarning katta jamoasi bilan bir davrda yashagan.
7. Mashhur ustozlari – Anas ibn Molik, Ja’fari Sodiq va Hammod ibn Abu Sulaymon.
8. Mashhur shogirdlari – imom Abu Yusuf, imom Muhammad, imom Zufar.
9. Aqidasi – ahli sunna val jamoa
10. Dafn etilgan joyi – Bag‘doddagi A’zamiya maqbarasi.
12. Hadisdagi darajasi – imom, siqa.
13. Fiqhdagi darajasi – mujtahid.
14. Asarlari: "Fiqhul akbar", "Musnadi Abu Hanifa", "Maxoriju fil fiqh", "’alimu val muta’allim", "Raddu ’ala qadariya", "Qasidatu Nu’maniya fiy madhin Nabiyyi sollallohu alayhi vasallam" va "Kitabul vasiyati".
Manba
#xabar #seminar #imom #malaka
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbuslari bilan diniy soha xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va ish samaradorligini yuksaltirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda 8–9 sentyabr kunlari Diniy idoraning Masjidlar bilan ishlash hamda Kadrlar bo‘limlari hamkorligida respublikamiz bo‘yicha yangi lavozimga tayinlangan 55 nafar imom-xatib va imom noiblari uchun ikki kunlik o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov, Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori, shuningdek, Fatvo markazi, Kadrlar bilan ishlash, Ichki nazorat bo‘limi mutasaddilari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Xususan, soha mutasaddilari tomonidan muvaffaqiyatli imom bo‘lish omillari, go‘zal qiroat va tajvid qoidalari, shar’iy masalalarga to‘g‘ri yondashish, faoliyat samaradorligini baholash (KPI), qonun-qoidalarga qat’iy rioya etish, mehnat munosabatlari hamda jamoat bilan ishlash ko‘nikmalari yuzasidan zarur amaliy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati