1945 yil, bundan 81 yil oldin – 9 mayga o‘tar kechasi tungi soat 2:15 da radio orqali Berlinda fashistlar Germaniyasining so‘zsiz taslim bo‘lgani haqidagi hujjatga imzo chekilgani to‘g‘risidagi xabar butun dunyoga ma’lum qilindi.
1999 yil, bundan 25 yil oldin – O‘zbekiston Respublikasida birinchi bor "9 may - Xotira va qadrlash kuni" sifatida nishonlandi.
Toshkentda Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimiz farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida barpo etilgan “Xotira maydoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2020 yil 9 may kuni Prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan "G‘alaba bog‘i" tashkil etildi.
@oliymahad – diniy-ma’rifiy kanal!
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayriya tadbirlari davom etmoqda.
Xususan, joriy yilning 9 avgust kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali, hududdagi masjidlar xodimlari va saxovatpesha homiylar hamkorligida ehtiyojmand oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘ylari tashkil etildi.
Tadbir doirasida to‘ybolalarning har biriga 35 ta velosiped, 35 to‘plam o‘quv qurollari hamda yangi kostyum-shim, ko‘ylak va oyoq kiyimlar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda so‘z olganlar bolajonlar va ularning ota-onalariga ezgu tilaklar bildirib, farzandlarni sog‘lom, barkamol va dinu diyonatli insonlar etib tarbiyalash, ularga munosib ta’lim berish eng muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladilar.
Dinimiz va xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lgan bu kabi xayrli tadbirlarni «Vaqf» fondi tomonidan izchil davom ettirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati