Sayt test holatida ishlamoqda!
20 May, 2026   |   2 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
05:00
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:43
Xufton
21:13
Bismillah
20 May, 2026, 2 Zulhijja, 1447
Maqolalar

Qur’ondan ta’sirlangan qariya

18.05.2026   3641   1 min.
Qur’ondan ta’sirlangan qariya

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qatoda ibn Di’oma[1] ismli olim hikoya qiladi: “Basra shahrida Utba ibn Abon ismli zohid, taqvodor, mahzunlikda Hasan Basriyga o‘xshagan, doim ro‘za tutadigan kishi yashab o‘tgan bo‘lib, uning Misvar ismli keksa bir qo‘shnisi bor edi. Qo‘rquvi qattiqligidan Qur’onni tinglashga bardoshi yetmasdi. Agar uning oldida Qur’ondan bir-ikki oyat o‘qilsa, qattiq qichqirib, bir necha kun aqlini yo‘qotgandek yurardi. Bir kuni uning yoniga Xas’am qabilasidan bir kishi keldi. Yoniga o‘tirgach, Qur’oni karimdagi:

 

 

يَوْمَ نَحْشُرُ الْمُتَّقِينَ إِلَى الرَّحْمَنِ وَفْداً

“Taqvodorlarni Rohman huzuriga mehmon hay’ati etib to‘plagan kunimizda”

وَنَسُوقُ الْمُجْرِمِينَ إِلَى جَهَنَّمَ وِرْداً

“Jinoyatchilarni jahannamga chanqoq hollarida haydaymiz” (Maryam surasi, 85-86-oyatlar) oyatlarini o‘qidi. Buni eshitgan qariya “Men jinoyatchiman. Taqvodorlardan emasman. Ey qori, hozir o‘qigan oyatlarni yana o‘qi!” dedi. Boyagi kishi oyatlarni yana o‘qidi. Qariya baland ovozda baqirib, “Oh!” dedi-yu, omonatni topshirdi”.

Ahmad ibn Ibrohim Sa’labiyning
"Qur’on oshiqlari" kitobidan olindi

 


[1] Imom Ahmad rahimahulloh Qatoda haqida “Qur’on tafsiri va ulamolarning turfa xil qarashlarining bilimdoni edi” deganlar.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)

20.05.2026   561   1 min.
“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)

Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida an’anaviy “Rektor kubogi” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “25 may – Xalqaro futbol kuni” arafasida O‘FA maydonida o‘tkazilgan final bahslari keskin va do‘stona ruhda kechdi.


Musobaqa yakuniga ko‘ra, sovrinli o‘rinlarni quyidagi jamoalar band etdi:

  • 1-o‘rin — “Baroqxon” jamoasi (Kubok sohibi)

  • 2-o‘rin — “Shoshiy” jamoasi

  • 3-o‘rin — “Fuqaho” jamoasi


Shuningdek, turnir davomida ajralib turgan ishtirokchilar maxsus nominatsiyalar bilan taqdirlandi. Institut prorektori Xoshimjon Amanov «Eng yaxshi o‘yinchi», katta o‘qituvchi Elyor Ahmatqulov «Eng yaxshi to‘p urar» va institut psixologi Oybek Ismoilov «Eng yaxshi darvozabon» deb topildi.


Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga sovrinlar topshirildi. Turnirni tashkil etishda yaqindan ko‘maklashgan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va homiy tashkilotlarga institut rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

“Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+) “Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+) “Rektor kubogi” futbol musobaqasi g‘oliblari aniqlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari