Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

Toshkent islom instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

20.05.2026   19098   1 min.
Toshkent islom instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida memorandum imzolandi

Shu yil 18 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining boy ma’naviy merosini, tasavvuf ta’limotining asl insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish va keng targ‘ib etishdir.


Uchrashuvda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov yurtimiz allomalarining ilmiy merosi butun islom olami uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja domla Inoyatov ham mazkur hamkorlikdan mamnun ekanini bildirib, Toshkent islom institutini diniy ta’lim muassasalari orasida yetakchi dargohlardan biri sifatida e’tirof etdi.


Imzolangan hujjatga ko‘ra, tomonlar birgalikda kitoblar nashr etish, ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish, dolzarb ilmiy maqolalar tayyorlash hamda talabalarning bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalariga ustozlik qilish kabi muhim yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qiladilar. Bu sheriklik tasavvufning sof ilmiy asoslarini keng yoyish va soxta tariqatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida memorandum imzolandi Toshkent islom instituti va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida memorandum imzolandi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Muharram oyida ro‘za tutgin

16.06.2026   2718   1 min.
Muharram oyida ro‘za tutgin

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Muharram oyi Ramazon oyidan keyin turadigan eng hurmatli oydir. Bu oy hijriy sananing boshlanish oyidir. Dinimizda bu oy urush harom qilingan oylardan biri hisoblanadi. Ashuro kuni esa muharram oyining o‘ninchi kunidir.

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam bu oyda ro‘za tutishga targ‘ib qilganlar.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: "Ey Allohning Rasuli, Ramazondan keyin qaysi oyda ro‘za tutishimga buyurasiz", dedi.

Shunda u zot: "Agar Ramazondan keyin ro‘za tutmoqchi bo‘lsang, muharram oyida tutgin. Chunki u Allohning oyidir, unda bir qavmning tavbasini qabul qilgan yana boshqa qavmlarning ham tavbasini qabul qiladi", deb javob berdilar (Imom Termiziy rivoyati).

Maqolalar